• Jihozni o'ramdan chiqarish va o'rnatishda ehtiyot bo'ling.
- O'tkir qirralari jarohat yetkazishi mumkin.Ayniqsa qoplama qirralari va
kondensator va bug'latgichning parraklaridan ehtiyot bo'ling.
• O'rnatish uchun doim diler yooki vakolatli xizmat markaziga murojaat
qiling.
- Yong'in chiqishi, tok urishi, portlashi yoki jarohat yetishi xavfi bor.
• Jihozni shikastlangan o'rnatish tagligiga o'rnatmang.
- Buning oqibatida jarohat yetishi, ko'ngilsiz hodisa yuz berishi yoki
jihozga shikast yetishi mumkin.
• O'rnatilgan joy vaqt o'tishi bilan buzilib ketmaydigan bo'lsin.
- Asos tushib ketsa, havo konditsioneri ham tushib ketib, mol-mulkka
zarar yetishi, jihoz ishdan chiqishi yoki tan jarohati yetkazishi mumkin.
• Old panel, korpus, tepa qopqoq, boshqaruv qutisi qopqog'i olib
tashlangan yoki ochilgan bo'lsa, elektrga ulamang yoki yoqmang.
- Aks holda yong'in chiqishi, tok urishi, portlashi yoki o'limga olib kelishi
mumkin.
• Sizishni tekshirishda yoki havo purkab tozalashda vakuumli nasos yoki
inert (azot) gaz ishlating. Havoni yoki kislorodni siqmang va yonuvchan
gazlar ishlatmang. Aks holda yong'in chiqishi yoki portlashi mumkin.
- O'lim, jarohat, yong'in yoki portlash xavfi bor.
• Jihoz xona o'lchami ishlashi uchun ko'rsatilgan xoha sohasiga mos bo'lgan
yaxshi shamollatiladigan xonada saqlanishi kerak.(R32 uchun)
Ishlatish
• Namlik o'ta yuqori bo'lsa va eshik yoki deraza ochiq qolgan bo'lsa,
havo konditsionerini uzoq vaqt ishlatib qo'ymang.
- Namlik yig'ilib, mebelni ho'l qilishi yoki shikast yetkazishi mumkin.
• Ishlash vaqtida elektr kabeli tortilmasin yoki shikastlanmasin.
- Yong'in chiqishi yoki tok urishi xavfi bor.
• Elektr kabeli ustiga hech narsa qo'ymang.
- Yong'in chiqishi yoki tok urishi xavfi bor.
• Jihoz ishlayotgan paytida vilkani suqmang yoki sug'urib olmang.
- Yong'in chiqishi yoki tok urishi xavfi bor.
• Jihozga ho'l qo'lingiz bilan tegmang (ishlatmang).
- Yong'in chiqishi yoki tok urishi xavfi bor.
• Elektr kabeli yaqiniga isitkich yoki boshqa jihozlarni joylashtirmang.
- Yong'in chiqishi va tok urishi xavfi bor.
• Elektr qismlariga suv kirmasin.
- Jihoz ishdan chiqishi yoki tok urishi mumkin.
Ehtiyot choralari
O'rnatish qo'llanmasi 5