Herunterladen Inhalt Inhalt Diese Seite drucken

Foydalanish Bo„Yicha Yo„Riqnoma - Lumme LU-1451 Bedienungsanleitung

Vorschau ausblenden Andere Handbücher für LU-1451:
Inhaltsverzeichnis

Werbung

UZB FOYDALANISH BO„YICHA YO„RIQNOMA
EHTIYOTKORLIK CHORALARI
 Dastlabki yoqishdan avval mahsulotning markirovkada ko„rsatilgan texnik xususiyatlari Sizning tarmog„ingizdagi elektr ta„minotiga mos kelishini tekshiring.
 Faqat maishiy maqsadlarda ushbu foydalanish bo„yicha qo„llanmaga muvofiq tarzda foydalaning.
 Xonadan tashqarida foydalanmang.
 Tarmoq shnuri shikastlangan yoki boshqa shikastlanishlarga ega bo„lgan jihozdan foydalanmang.
 Tarmoq shnurining o„tkir qirralar yoki issiq sitrlarga tegib turmasligini kuzatib boring.
 Tarmoq shnurini tortmang, ortiqcha buramang va jihoz korpusi atrofiga o„ramang.
 Jihozni ta„minot tarmog„idan uzganda tarmoq shnuridan ushlab tortmang, faqat vilkadan ushlab torting.
 Jihozni o„zingizcha ta„mirlashga urinmang. Nosozliklar yuzaga kelgan hollarda yaningizdagi xizmat ko„rsatish markaziga murojaat qiling.
 Tavsiya qilinmagan qo„shimcha asboblardan foydalanish xavfli bo„lishi va jihozning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
 Elektr toki urishi va yong„in chiqishining oldini olish uchun jihozni suvga yoki boshqa suyuqliklarga botirmang. Agar shunday holat yuz bergan bo„lsa, uni darhol elektr tarmog„idan uzing va tekshirish uchun
xizmat ko„rsatish markaziga murojaat qiling.
 Jihoz jismoniy va ruhiy cheklanishlarga ega bo„lgan (jumladan bolalar), ushbu jihoz bilan ishlash tajribasiga ega bo„lmagan kishilar tomonidan foydalanish uchun mo„ljallanmagan. Bunday holatlarda
foydalanuvchiga uning xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan avvaldan ko„rsatmalar berilishi kerak.
 Jihozni issiq gaz va elektr plitalariga, qizdirish pechlariga o„rnatmang; uni har qanday issiqlik manbalari yaqiniga joylashtirmang.
 Jihoz atrofida yetarli darajada bo„sh joyning mavjudligiga ishonch hosil qiling. Multipishirgich mebel, parda kabi yonish xavfi mavjud bo„lgan buyumlardan kamida 15 sm masofada o„rnatilishi kerak.
 Jihozni portlovchan va oson yonuvchan materiallarning bevosita yaqinida yoqmang.
 U elektr tarmog„iga ulangan holatda jihozni ko„tarmang va harakatlantirmang.
 Mahsulotlar yoki suvni multipishirgichda uzoq vaqt qoldirmang.
 U ishlayotgan vaqtda jihozni hech narsa bilan yopmang, bu jihozning ishdan chiqishiga sabab bo„lishi mumkin.
 Jihozni hech qachon bo„sh jom bilan ishga tushirmang.
 Multipishirgich korpusi ichiga suyuqlik tushishiga yo„l qo„ymang. Suvni faqat tayyorlash uchun jomga quying.
 Jom bilan qizdirish elementi o„rtasiga begona buyumlar va suyuqliklarning tushishiga yo„l qo„ymang! Bu qoidaga amal qilmaslik kuyish hidi, notabiiy tovushlarning paydo bo„lishi va jihozning shikastlanishiga
olib kelishi mumkin.
 Multipishirgichning me„yorida ishlashiga xos bo„lmagan shovqinlar, hidlar, tutun yoki jihoz ishining buzilganligi to„g„risidagi yaqqol belgilar vujudga kelgan hollarda uni darhol elektr tarmog„idan uzish lozim.
Jom bilan qizdirish elementi o„rtasida begona buyumlar yoki suyuqliklarning yo„qligiga ishonch hosil qiling. Agar nosozlik sababi aniqlanmasa, xizmat ko„rsatish markaziga murojaat qilish lozim.
 Jihozdan foydalanib bo„lgandan so„ng tayyorlash uchun jomni darhol sovuq suvga solmang - haroratning keskin o„zgarishi ichki qoplamaning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
 Jom qoplamasini shikastlamaslik uchun ishlab chiqaruvchi multipishirgich majmuasiga kiruvchi aksessuarlardan foydalanishni tavsiya qiladi. Yana yog„och, plastik yoki silikondan tayyorlangan anjomlardan
ham foydalanish mumkin.
 DIQQAT: Multipishirgich bilan ishlaganda ehtiyot bo„ling - qaynoq bug„ va multishirgichning qizigan detallari qo„l va yuzning jiddiy kuyishlariga olib kelishi mumkin. Multipishirgichdan foydalanganda texnika
xavfsizligi qoidalariga amal qiling. Qopqoqni ochish tugmasini bosgan holda qopqoqning to„liq ochilishi va bug„ning to„liq chiqib ketishini kuting.
DASTLABKI FOYDALANISHDAN AVVAL
 Jihozni qadoqdan chiqarib oling va barcha etiketkalarni olib tashlang.
 Jihozning barcha qismlarining mavjudligi va shikastlanishlarning yo„qligini tekshiring.
 Barcha qismlarni "Tozalash va qarov" bo„limiga ko„ra tozalang
 Barcha detallarni quruq qilib arting va ularni jihoz ishlashga tayyor bo„ladigan tarzda o„rnating.
 Jihozdan dastlabki foydalanishdan avval suv bilan 70% ga to„ldirilgan jom bilan «Варка» dasturini 60 daqiqa muddatga ishlatish lozim.
40

Werbung

Inhaltsverzeichnis
loading

Diese Anleitung auch für:

Lu-1446

Inhaltsverzeichnis